Qozog‘istonda noqulay ob-havo tufayli o‘zbekistonliklar to‘la avtobuslar yo‘lda qolib ketdi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda noqulay ob-havo sababli ichida 100 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan ikki avtobus yo‘lda qolib ketdi. Aftobusdagi odamlarning barchasi evakuatsiya qilingani aytilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yining 11 yanvarida Qozog‘istonning Samara-Chimkent avtomobil yo‘lida noqulay ob-havo tufayli ikki yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘l maydonida qolib ketgan. Avtobus ichida 3 nafar Qozog‘iston 69 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Noqulay ob-havo tufayli yo‘l to‘silib qolgan va barcha yo‘lovchilar voqea joyiga yaqin Irgiz qishlog‘idagi o‘rta maktabga joylashtirilgan.

Shuningdek, bugunning o‘zida FVBga Qorabutak qishlog‘idan 2 km uzoqlikda joylashgan Samara-Chimkent yo‘lining 968 kilometridagi Aytekebiy tumanida yo‘lovchi avtobusiga ham yordam kerakligi haqida ma’lumot kelib tushgan. Avtobusda jami 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi bor bo‘lgan. Noqulay ob-havo sababli yo‘l yopilib qolgan va barcha yo‘lovchilar Qorabutak qishlog‘idagi masjidiga joylashtirilgan.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarga ob-havo o‘zgarishini kuzatishni, yo‘llarda transport vositalaridan zarurat bo‘lmasa, harakatlanmaslikni tavsiya qilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing