Qozog‘istonda namoyishchilar niyatiga yetdi 

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqqani haqida xabar bergan edik. “Tengrinews” nashriga ko‘ra, miting ishtirokchilari talab qilganidek, suyultirilgan gaz narxi 50 tengegacha pasaytirilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgan.  

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.

Qozog‘iston Prezidenti Matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari ertaga “mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat” mavzusida ishchi uchrashuv o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

985

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing