Qozog‘istonda maktab o‘quvchisi futbol darvozasi ostida qolib vafot etdi
3-sahifa
−
08 avgust 2023
2834Qozog‘istondagi maktabda 10 yoshli o‘quvchi ustiga futbol darvozasi qulab tushishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt Ostona hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 7 avgust kuni Ostona shahridagi 10-maktab hududidagi futbol stadionida 10 yoshli bolaning ustiga darvoza qulab tushgan. Maktab o‘quvchisi olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha holatlar aniqlanmoqda.
“Tergov olib borilmoqda. Kecha ta’lim boshqarmasiga nafaqat Ostona, balki mamlakatning boshqa mintaqalarida ham maktablarning barcha sport maydonchalarini tekshirish vazifasi yuklatilgan. Sport maydonchalari va jihozlari tekshiriladi”, deydi Mamlakat Ta’lim vaziri G‘ani Beysembayev.
Shuningdek, Ostona shahar ta’lim boshqarmasi o‘quvchining ota-onasiga hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ishlab yurgan o‘zbekistonlik migrant futbol darvozasi ostida qolgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, uning umurtqa pog‘onasi va orqa miyasi jarohatlangan. Biroz ahvoli yaxshilangach, Xabarovsk-Toshkent yo‘nalishidagi aviareysga chipta olib berilib, vataniga jo‘natilgan.
LiveBarchasi