Qozog‘istonda kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 160 dan ortiq bino zarar ko‘rdi
Olam
−
08 aprel 2020
8745Qozog‘iston Respublikasida kuchli shamol tufayli 160 dan ortiq bino zarar ko‘rdi. Shuningdek, tom bosib qolishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Respublika favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Rustambek Amrin ma’lum qildi.
Akmola, Qo‘stanay va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarining 22 tumani va ikkita shahrida 160 dan ortiq bino va inshootning tomlari vayron bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, shamolning tezligi sekundiga 30 metrga yetgan.
Amrinning ta’kidlashicha, Akmola va Qo‘stanay viloyatlarining to‘qqiz tumanida elektr uzatish liniyalari shikastlangan. Shuningdek, Akmola viloyatida bir kishi ustiga tom qulashi natijasida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu bo‘ronlar sabab yetkazilgan zarar hisoblanmoqda. Zarar ko‘rgan binolarning qayta ta’mirlanishi uchun mablag‘ ajratilishi ko‘rib chiqilmoqda.
LiveBarchasi