Qozog‘istonda KXSHT mashg‘ulotlari boshlandi. Armaniston unda qatnashishni rad etdi

Olam

image

Qozog‘istonning janubi va janubi-sharqidagi Jambil va Olmaota viloyatlarida bugun, 26 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) kollekliv tezkor javob kuchlarining mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi: “O‘zaro hamkorlik-2022”, “Qidiruv-2022”, “Eshelon-2022”. Bu haqda respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

KXSHT qo‘shma shtabining ma’lum qilishicha, KXSHT kollekliv tezkor javob kuchlari bilan “O‘zaro hamkorlik-2022” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari Markaziy Osiyo kollektiv xavfsizlik mintaqasida qurolli mojarolarni lokalizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma operatsiyani tayyorlash va o‘tkazish masalalarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarda ilk bor kollektiv kuchlarning radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya va tibbiy ta’minotni birgalikda shakllantirish bo‘yicha bo‘linmasi ishtirok etadi.

“Qidiruv-2022” maxsus o‘quv mashg‘ulotlari davomida KXSHTga a’zo davlatlar razvedka idoralari kuchlari va vositalari tomonidan KXSHTning tezkor harakat qiluvchi kollektiv kuchlari manfaatlaridan kelib chiqib, razvedka faoliyatini tashkil etish va o‘tkazish masalalari ishlab chiqiladi. 

“Eshelon-2022” maxsus mashqlari logistikani tashkil etish masalalarini ishlab chiqishga qaratilgan.

Armaniston Qurolli Kuchlari Ozarbayjon bilan chegaradagi vaziyat tufayli Qozog‘istonda o‘tayotgan mashg‘ulotlarda qatnashmaydi. Bu haqda bugun, 26 sentyabr kuni Armaniston Mudofaa vazirligi xabar berdi.  

“Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilgan tajovuz oqibatida Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, Mudofaa vazirligi Armaniston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, Qozog‘iston Respublikasida KXSHT doirasida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, harbiy harakatlarda ishtirok etishdan bosh tortishga qaror qildi”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing