Qozog‘istonda xorijliklar uchun yangi viza joriy qilinadi

Olam

image

Qozog‘iston xorijliklar uchun yangi viza joriy etmoqchi. Bu haqda Turizm va sport vaziri Ermek Marjikpayev Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Turizm vazirligi rahbari sayyohlarning ko‘p shikoyatlari viza va migratsiya rejimi masalalari bilan bog‘liqligini tan olgan. Shuningdek, u viza olish tartib-qoidalarini raqamlashtirish va soddalashtirish orqali viza va migratsiya rejimini takomillashtirish zarurligini ta’kidlagan. 

“Faqat manfaatdor davlat idoralari bilan birgalikda xorijliklarga ishchi vizasi – Neo Nomad Visa’ni joriy etish, ularga mamlakatda uzoq muddatga qolish huquqini berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu chorani amalga oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara yiliga 3 milliard tengedan ortiq(salkam 6,8 million dollar)ni tashkil qiladi. Hozirda Neo Nomad Visa dasturini amalga oshirish mexanizmi manfaatdor davlat organlariga yuborilgan”,  deydi vazir. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing