Qozog‘istonda kambag‘allik darajasi 12 yillik rekordni yangiladi

Olam

image

Qozog‘istonda 2023 yilning iyul-sentyabr oylarida daromadi yashash darajasidan past bo‘lgan fuqarolar soni aprel-iyun oylariga nisbatan 9 foizga o‘sib, ularning soni 1,1 million kishidan oshdi. Bu haqda Birinchi kredit byurosi tahliliy markazi rasmiy statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.

“Bu kamida 2011 yilning birinchi choragidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Avvalgi davrlar bilan taqqoslash hisoblash metodologiyasidagi o‘zgarishlar tufayli murakkablashdi”, deydi tahlilchilar.

Joriy yilning uchinchi choragida yashash narxi 51 710 tengeni (taxminan 1 mln 409 ming so‘m) tashkil qilgan.

Qozog‘istonliklarning 5,6 foizi bir oy davomida bundan kam pul bilan yashashga majbur bo‘lgan, uch oy ichida bu ko‘rsatkich 0,5 foizga oshgan.

Kambag‘al aholi ulushi bo‘yicha Turkiston (9,6 foiz) va Yettisuv (9,3 foiz) viloyatlari yuqori o‘rinda turadi. Agar Turkiston o‘lkasida bu ko‘rsatkich biroz pasaygan bo‘lsa, Yettisuv viloyatida esa 1,6 foizga o‘sdi – bu mamlakatdagi antirekord.

Kambag‘al aholining eng past ulushi Ostonaga (2,7 foiz) to‘g‘ri keladi. Qarag‘anda viloyatida uch oy ichida kam ta’minlanganlar ulushi eng tez sur’atlar bilan kamaydi – 0,4 foizga.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston kambag'allik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing