Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan bolalar O‘zbekistonga olib kelindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi ko‘magida turli sabablarga ko‘ra Qozog‘istonda qarovsiz qolib ketgan voyaga yetmagan bolalar ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona xodimlari sa’y-harakatlari bilan “Qiyin ahvoldagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” va Olmaota shahar ta’lim boshqarmasi bilan birgalikda 17 yoshli I.R., 12 yoshli S.R. va ikki yoshli M.N.ni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha barcha zarur hujjatlar tayyorlangan.

“Shu yilning 24 avgust kuni Bosh konsulxona diplomatlari voyaga yetmagan bolalarni vatanga qaytarish va yaqin qarindoshlariga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimiga topshirdilar”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston bolalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing