Qozog‘istonda qabristonni o‘margan ikki o‘zbekistonlik qamaldi
3-sahifa
−
14 noyabr 2023
15614Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi qabriston hududida o‘g‘rilik sodir etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 4,5 yilga qamaldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon 27 ta holatda mamlakatdagi qabristonlar hududida o‘g‘rilik jinoyati sodir etilgani qayd etilgan. Xususan, ikki nafar o‘zbekistonlik erkak Olmaota viloyatidagi qabristondan 11 ta panjara o‘g‘irlagan. Nashrga ko‘ra, ularning har biri 4,5 yildan qamoq jazosiga hukm qilingan.
Qayd etilishicha, hozirda qolgan o‘g‘riliklarni bartaraf etish maqsadida maxsus tezkor guruhlar tashkil etilgan.
“Tahlillarga ko‘ra, qabristonlardagi metall to‘siqlar va yodgorlik keyinchalik metall yig‘ish punktlariga yetkazib berish uchun o‘g‘irlanadi. Ichki ishlar organlari tomonidan o‘g‘irlangan tovarlarni qabul qilib olgan va umuman olganda, noqonuniy ravishda rangli metallarni qabul qilish bilan shug‘ullangan 13 shaxs aniqlandi. Ular ham tegishli tartibda javobgarlikka tortildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi