Qozog‘istonda ichida 31 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus yonib ketdi
3-sahifa
−
15 iyun 2022
20969Qozog‘iston Respublikasining Jambul oblasti Jambul rayonida 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Oqibatda uch kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa bugun, 15 iyun kuni Qozog‘iston vaqti bilan soat 03:10 da Jambul oblasti Jambul rayonidan o‘tuvchi “Almata-Toshkent” avtomobil yo‘lining 545 kilometrida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, Qozog‘iston Respublikasi “Qizil tan” qishlog‘idan 7 km uzoqlikda trikotaj mahsulotlari ortilgan yuk mashinasining yonishi oqibatida, avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan. Soat 03:40 larda “Almata-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi 2 ta yo‘lovchi tashish avtobusi va 1 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuv oqibatida ushbu avtotransport vositalarida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in sodir bo‘lgan avtobuslarning birida 31 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan va ulardan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati bilan Taraz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgan. FVVdan xabar qilishlaricha, hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Shuni alohida ta’kidlash joizki, do‘st Qozog‘iston mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda.
Holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma’lumot almashinuvi davom etmoqda”, deyiladi O‘zbekiston FVV axborotida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati Jaulin tumanida O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, jumladan, 47 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi.
14 may kuni Jambil viloyatida yuz bergan YTHda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi. Olib kelingan 23 nafar fuqarodan, 18 nafari Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan, 5 nafar fuqaroning ahvoli yaxshi bo‘lgani uchun uyiga javob berilgan.
LiveBarchasi