Qozog‘istonda fitnes zali bo‘lgan morg quriladi 

Olam

image

G‘arbiy Qozog‘istonda joylashgan Uralsk shahrida umumiy maydoni 3,5 ming kvadrat metr bo‘lgan morg qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat qurilish boshqarmasida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Xabar 24”.  

Ta’kidlanishicha, yangi patologik-anatomik byuroga 1 milliard tengedan ko‘proq mablag‘ sarflanadi. Tender g‘olibi ishni 11 oy ichida yakunlashi kerak. 

“Bino 80 nafar tibbiyot xodimining ishlashi uchun mo‘ljallangan. Ularga dam olish va psixologik yukni tushirish uchun xonalar ajratilgan. Oxirgi smetaga ko‘ra, u yerda musiqa markazi, uy kinoteatri va divanlar bo‘lishi kerak. Shuningdek, xodimlarda barcha kerakli jihozlari bo‘lgan fitnes zali ham bo‘ladi”, deyilgan xabarda. 

Qurilish bo‘limi boshlig‘i Alibek Antaziyevning so‘zlariga ko‘ra, fitnes zali va psixologik yukni tushirish xonasi bo‘lmaganida, loyiha davlat ekspertizasidan o‘tmagan bo‘lar edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston morg

Baholaganlar

42

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing