Qozog‘istonda epidemiya tarqaldi. Minglab chorva so‘yish uchun jo‘natilgan
Olam
−
15 Oktabr
16470G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida minglab qoramollar brutsellyoz bilan kasallandi. Bu haqda viloyat veterinariya boshqarmasiga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatning deyarli har bir tumanida sanitariya xizmati tomonidan kasallangan chorva mollari ro‘yxatga olingan. Ayrim hayvonlar so‘yish uchun yuborilgan. Yil boshidan buyon esa 600 ming boshdan ortiq qoramolning 5 mingga yaqini kasallikka chalingan. Mayda shoxli qoramollar orasida milliondan ortig‘ining 1,2 mingi kasallangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida jami 4 ming boshdan ortiq chorva mollari so‘yilgan. Qishloq aholisiga yo‘q qilingan hayvonlar uchun pul kompensatsiyasi to‘langan.
“Hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish faqat issiqlik bilan ishlov berilgandan keyingina mumkin. Undan oldin qoramol go‘shti muzlatkichda kamida 12 soat turishi kerak. Qo‘y va echkilarning ifloslangan go‘shti xavfli. Uni faqat konserva shaklida iste’mol qilish mumkin”, deydi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati veterinariya boshqarmasi boshlig‘i Kenjebek Aymashev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota viloyati Uyg‘ur tumanidagi Ulken Aksu qishloq okrugida kuydirgi kasalligi shubhasi bilan to‘rtta holat aniqlangan edi.
LiveBarchasi