Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi
Sport
−
04 avgust 2022
2538Bugun, 4 avgust kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari boshlandi. Unda qit’aning 19 ta davlatidan 178 nafar sportchi (103 nafar erkak, 75 nafar ayol) g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan 17 nafar sportchi o‘rin olgan. O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan dzyudochilar bilan tanishing:
-60 kg: Mirzohid Muhammadjonov,
-66 kg: Muhriddin Tilovov,
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev,
-73 kg: Obidxon No‘monov,
-81 kg: Ramazon Allaberdiyev,
-90 kg: Shermuhammad Jandreyev,
-100 kg: Otabek To‘raboyev,
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev,
+100 kg: Shohrux Baxtiyorov,
-48 kg: Gulnur Muratbayeva,
-52 kg: Diyora Keldiyorova,
-52 kg: Sita Qadamboyeva,
-57 kg: Nilufar Ermagambetova,
-63 kg: Farangiz Hojiyeva,
-70 kg: Gulnoza Matniyazova,
-70 kg: Shohista Nazarova,
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva.
Ma’lumot uchun, dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 7 avgustga qadar davom etadi.
LiveBarchasi