Qozog‘istonda davlat asoslarini chuqur qayta qurish boshlandi – To‘qayev
Olam
−
18 noyabr 2022
5236Qozog‘istonda bo‘lajak prezidentlik saylovlari mamlakatdagi hokimiyat institutlarini har tomonlama qayta tiklash uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Bu haqda respublikaning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ma’lum qildi. Uning so‘zlarini Sputnik nashri keltirmoqda.
“Biz davlatimiz asoslarini chuqur qayta qurishni boshladik, yangi ijtimoiy shartnoma tuzdik, biz millatning yangi sifatini shakllantiramiz va mamlakat taraqqiyotida kuchli o‘sishni amalga oshiramiz. Saylovoldi platformamda adolat g‘oyasiga asoslangan yangi davlat siyosati konturlarini taqdim etdim”, deydi Qozog‘iston Prezidenti.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 1 sentyabr kuni mamlakat xalqiga murojaati chog‘ida joriy yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi, 2023 yilning birinchi yarmida esa Majilis (parlament quyi palatasi) va maslahatlarga navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Sentyabr oyida siyosatchi konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, unga ko‘ra, davlat rahbarining vakolat muddati qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddat bilan cheklanadi.
Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 20 noyabr kuni o‘tkaziladi.