Qozog‘istonda chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Olam

image

Bugun, 12 dekabr kuni Olmaotada chaqaloqlarni sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh etilgani aniqlandi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining bayonatiga tayanib, “Polisia.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab tezkor-tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida yosh qizlarning farzandlarini aldov yo‘li bilan sotib oladigan jinoiy guruh fosh etildi. Guruh a’zolari yosh onalarnining og‘ir vaziyatidan foydalanib, pul evaziga yangi tug‘ilgan chaqaloqlaridan voz kechishga ko‘ndirgan. 

Hozirda barcha guruh a’zolari qo‘lga olingan. Ularga qarshi 20 dan ortiq jinoyat ishi bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. 

Shuningdek, “STOP-trafik” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Ostona, Olmaota va Shimkent shaharlarida “elita eskorti” (badavlat mijozlarga tadbirlarda hamroh bo‘ladigan jozibali ayollarni taqdim etishga ixtisoslashgan xizmat turi)ni tashkil qilgan shaxslarning faoliyati fosh etildi. Ular turli tungi klublar va barlarda yosh qizlarni ishga yollab kelgan.

“Ularning fohishabozlikni tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlari aniqlandi. Jinoyat ishlari sudga yuborildi”, dedi IIV vakillari.

Mamlakat IIVning ta’kidlashicha, tungi ko‘ngilochar maskanlarda o‘tkaziladigan muntazam reydlar vaqtida Shimkent, Aqtobe, Jambul, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘andi va Qostanay viloyatlarida fuqarolar, jumladan, voyaga yetmaganlarni turli ekspluatatsiya shakllariga jalb qilish holatlari aniqlanmoqda. 

IIVning bildirishicha, ushbu reydlarning maqsadi fuqarolarning jinoyat yo‘liga jalb qilinishining oldini olish, yoshlarni  himoya qilish hamda jamiyatda axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston aholisi ko‘paygani haqida xabar berilgandi. 2025 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonning umumiy aholisi qariyb 20,5 million kishiga yetgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston chaqaloqlar savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing