Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 o‘zbekistonlik qutqarildi
Olam
−
15 yanvar
384413 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 55 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus to‘xtab qoldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 965-kilometrida sodir bo‘lgan. “Toshkent-Qozon” yo‘nalishida qatnovni amalga oshirayotgan yo‘lovchi avtobusi texnik nosoz bo‘lgani sabab yo‘lda to‘xtab qolgan. Transport vositasining ichida 55 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ular Qorabutoq qishlog‘idagi masjidga evakuatsiya qilingan, tibbiy yordamga ehtiyoj bo‘lmagan.
“Ob-havo sharoiti yomon bo‘lganida va yo‘llarda transport vositalari harakatiga cheklovlar kiritilganda ob-havo o‘zgarishlarini kuzatib borish va yo‘lga chiqmaslikni tavsiya qilamiz. Avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirishni unutmang”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ichida 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgandi.
LiveBarchasi