Qozog‘istonda butun boshli futbol stadioni yonib kul bo‘ldi (video)
Olam
−
16 yanvar
3643Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida joylashgan futbol stadioni butunlay yonib ketdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Yong‘in 500 bolaga mo‘ljallangan ushbu sport inshootining garajidan boshlangan va olov so‘ngra stadionga o‘tgan. Xizmat mashinalari va futbol maktabi xodimining bitta mashinasi yonib ketgan. Ikkita traktor va “Gazel” rusumli avtomashina ham jihozlar bilan birga yonib kul bo‘lgan.
“Ertalab soat 8:00 da yong‘in sodir bo‘ldi, Keyin alanga chodirga tarqaldi. Bolalar kiyinish xonasida edi, tutunni payqab, hamma evakuatsiya qilindi. Qurbonlar yo‘q. Mashg‘ulotlar soat 8:30 da boshlandi, maydonga hech kim kirmadi”, deydi “Qiziljar” o‘smirlar sport maktabi direktori Aysariy Shokirov.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni soat 9:21 da o‘chirgan. Shimoliy Qozog‘iston viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in o‘chirish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Marat Siddiqovning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 16 birlik texnika va 60 ga yaqin kishi jalb qilingan. Qurbonlar yo‘q. Ma’muriy binoga garaj, bolalar maydonchasi va kuchli tutundan zarar yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyadagi “Shoh Alam” futbol stadioni portlovchi moddalar bilan buzib tashlangandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar