Qozog‘istonda bolalarni uyda qarovsiz qoldirmaslik taklif qilindi

Olam

image

Qozog‘istonda Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Dinara Zakiyeva 12 yoshgacha bolalarni uyda qarovsiz qoldirmaslik tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Bolalar ombudsmanining ushbu taklifiga bolalar ishtirokidagi fojiali yong‘inlar sabab bo‘lgan. Zakiyevaning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil boshidan beri mamlakatda 15 ta yong‘in sodir bo‘lgan, ularda bolalar halok bo‘lgan. Aksariyat hollarda bolalar uyda yolg‘iz qolganlarida fojia hodisalar yuzaga kelmoqda.

“Mana shu faktlarni tahlil qilib, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni kattalar nazoratisiz qoldirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonunchilik choralarini ishlab chiqish zarur, deb hisoblayman, albatta, shu bilan birga, ko‘makka muhtoj oilalarga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish dasturlari ham zarur ”, deb yozgan Zakiyeva o‘zining Instagram'dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida to‘rt nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgandi. Voqea joyida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadqiqot laboratoriyasi ishlagan, shuningdek, halok bo‘lganlarning yaqinlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligi va halokatlar tibbiyot markazi psixologlari yordam bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Bolalar ombudsmani Dinara Zakieva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing