Qozog‘istonda bir guruh o‘zbekistonliklar majburiy ishlatilayotgani aniqlandi

Olam

image

Qozog‘istonning Chimkent shahrida ishlayotgan bir guruh o‘zbekistonlik fuqarolardan pasportlari olib qo‘yilganligi va ular majburiy ushlab turilgan aniqlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, agentlikka fuqarolar majuriy ushlab turilgani haqida murojaat kelib tushgan. Shundan so‘ng, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakolatxonasi xodimi hamda Chimkent shahar politsiya departamenti tezkor guruhi bilan fuqarolarning ish joyiga borilgan.

Natijada O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari qaytarilgan va oylik maoshlari undirib berilgan. Hozirgi kunda ularni Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing