Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik o‘lik holda topildi

Olam

image

2021 yilning qishida g‘oyib bo‘lgan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonning Atirau viloyatida o‘lik holda topildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, erkak Qizilqo‘g‘in tumani Kenbay qishlog‘idagi “Azamat” fermer xo‘jaligida cho‘pon bo‘lib ishlagan. 2021 yil 16 dekabr kuni u dashtga ketgan va qaytib kelmagan.

“Bir kunlik qidiruvlar hech qanday natija bermadi”, deyiladi xabarda.

Joriy yilning may oyida Qizilqo‘g‘in tumani Ichki ishlar boshqarmasi inspektori E.Sag‘itjonov o‘ziga biriktirilgan hududni ko‘zdan kechirish chog‘ida “Azamat” dehqon fermasidan uch kilometr uzoqlikda noma’lum shaxsning jasadini topgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi marhumning o‘tgan yil oxirida g‘oyib bo‘lgan o‘sha cho‘pon ekanligini aniqladi. Erkakning o‘limi sabablari ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

791

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing