Qozog‘istonda ayol tug‘uruqxona binosining uchinchi qavatidan sakradi
3-sahifa
−
12 avgust 2023 10585 1 daqiqa
Joriy yilning 10 avgust kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyati Qorasoy klinik ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi tug‘uruq bo‘limida davolanayotgan 37 yoshli ayol shifoxona binosining uchinchi qavatidan o‘zini tashladi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 37 yoshli bemor ayol tug‘uruqxonaning uchinchi qavatida joylashgan reanimatsiya xonasi derazasidan sakrab tushib, tibbiyot xodimlaridan qochib ketgan.
“U operativ tug‘uruqdan keyin to‘rtinchi kun intensiv terapiyada bo‘lgan. Tug‘uruqdan keyingi psixoz fonida u o‘zini tajovuzkor tutib, davolanishdan bosh tortgan. Ayni paytda u barcha ixtisoslashgan mutaxassislar – anesteziolog-reanimatolog, neyroxirurg, travmatolog va jarroh tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tibbiyot muassasasi xodimlari tomonidan ayol ayni damda to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilib, davolanayotgani haqida ma’lum qilingan.
Bundan oldin ham Qozog‘istonning Ostona viloyatida 24 yoshli, ikki bolali ayol oilaviy janjaldan keyin 9 qavatdan sakrashga uringandi.