Qozog‘istonda 6 nafar o‘zbekistonlik YTHga uchragan
Jamiyat
−
14 iyul 2019
4838Avvalroq, Qozog‘istonning Jambil viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki politsiya xodimi va bir o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonlik qurbon bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 13 iyul kuni Olma-ota-Yekaterinburg avtomobil trassasining 178-km.da ichida ikki nafar politsiya xodimi va 6 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. YTH oqibatida ikki nafar politsiya xodimi va O‘zbekiston fuqarosi F.A. vafot etdi.
Qayd etilishicha, jarohat olgan 5 nafar o‘zbekistonlik birinchi zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng shifoxonaga yotishga zarurat yo‘qligi ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olgan.
LiveBarchasi