Qozog‘istonda 4 nafar o‘zbekistonlik YTHga uchradi
Olam
−
18 iyul 2019 3937 1 daqiqa
Joriy yilning 16 iyul kuni Qozog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Olma-ota-Toshkent-Termiz trassasining 63-km.da Turkiston viloyati hududida YTH ro‘y bergan. YTHda mikroavtobusning 5 nafar yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.
Vafot etganlardan 3 nafarining shaxsi aniqlanmoqda. Mazkur transport vositasi haydovchisi va 6 nafar yo‘lovchisi, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan.
Jarohatlanganlarga tibbiy ko‘rikdan so‘ng sog‘liklari holatining barqaror ekanligi sababli tibbiyot muassasasidan ruxsat berilgan.
Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr