Qozog‘istonda 18 maydan masjid, kafe va mehmonxonalar faoliyatini tiklaydi
Olam
−
13 may 2020
982418 maydan boshlab Qozog‘istonda diniy ibodat joylari, kafelar, oshxonalar va mehmonxonalar ish faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda bugun, 13 may kuni “Tengrinews.kz“ nashri xabar qildi.
“Bugun, 13 may kuni koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari Erali Tug‘janov boshchiligidagi iqtisodiyotni qayta tiklash va bandlikni ta’minlashga qaratilgan bir qator aniq qarorlar qabul qilindi“ deyiladi xabarda.
Shunday qilib, 2020 yil 18 maydan boshlab Qozog‘iston hududida quyidagi faoliyat turlari ruxsat etiladi:
– mehmonxonalar majmualari;
– sig‘imi 30 o‘ringa mo‘ljallangan ovqatlanish joylari;
– sanitariya talablariga muvofiq yozgi maydonchalari bo‘lgan ochiq havoda ishlaydigan umumiy ovqatlanish ob’ektlari.
Bundan tashqari, 18 maydan boshlab diniy ibodat ob’ektlariнинг sanitariya me’yorlariga muvofiq ishlashi qayta tiklanmoqda. Bunda umumiy foydalanish maydonining 30 foizidan ko‘pi to‘ldirilmasligi qat’iy belgilangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 5 417 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 2 223 nafari sog‘aygan, 32 nafari esa vafot etgan. Mamlakatdagi mavjud bemorlar soni 3 162 tani tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi