Qozog‘istonda 10 nafar o‘zbekistonlik majburan ushlab turilgani aniqlandi 

Olam

image

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida 10 nafar o‘zbekistonlik majburiy mehnatga jalb qilinib, mahalliy aholi tomonidan zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan. Bu haqda  “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi majburan ushlab turilgan 10 kishini qutqarishda yordam so‘rab mamlakat Bosh konsulligiga murojaat qilgan. Murojaatchilarning aytishicha, bir guruh mahalliy aholi ularni zo‘ravonlik bilan qo‘rqitib, shaxsiy uyida saqlagan, buyumlari va uyali telefonlarini olib qo‘ygan.

Bosh konsullik xodimlari Olma-Ota shahar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolari joylashgan joyga borgan, shundan so‘ng fuqarolar Bo‘stonliq tuman IIBga olib ketilgan.

Jinoyatchilarga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 389-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov tadbirlari o‘tkazilib, O‘zbekiston fuqarolariga milliy pasportlari va shaxsiy buyumlari qaytarilgach, joriy yilning 1 avgust kuni barcha fuqarolar Olma-ota-Toshkent yo‘nalishidagi avtovokzalga kuzatib qo‘yilgan. Fuqarolar O‘zbekistonga eson-omon yetib kelishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing