Qozog‘istonda hujumkor turk droni ishlab chiqarish boshlanadi

Olam

image

Qozog‘istonda Turkiyada ishlab chiqarilgan ANKA zarbdor uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda dronni ishlab chiqaruvchi Türk Havacılık ve Uzay Sanayi AŞ (TUSAŞ) kompaniyasi ma’lum qildi.

Kompaniya o‘tgan yili Qozog‘iston tomoni bilan Markaziy Osiyo Respublikasiga ANKA dronlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanganini eslatgan.

Kuni kecha Qozog‘iston delegatsiyasining Anqaraga tashrifi doirasida TUSAŞ va Kazakhstan Engineering o‘rtasida mamlakatda ANKA dronlarini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha yangi hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Dronga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ham ushbu mamlakatdagi qo‘shma korxonada amalga oshiriladi.

Shunday qilib, Qozog‘iston ANKA dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladigan birinchi xorijiy davlat bo‘ldi.

TUSAŞ bosh direktori Temel Kotil, xorijiy hamkorlarning ANKA dronlariga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan g‘ururlangan. 

“Yangi kelishuv qardosh Qozog‘iston bilan do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlaydi”, degan Kotil.


Maqola muallifi

Teglar

dron

Baholaganlar

359

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing