Qozog‘iston Yevroosiyoda eng yirik raqamli markazga aylanmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishida davlatning Yevroosiyodagi eng yirik va ilg‘or raqamli markazlardan biriga aylanish maqsadi borligini bildirdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Geosiyosiy taranglik va ortib borayotgan proteksionizm global iqtisodiyotni qayta shakllantirmoqda. Bu esa global o‘sish va barqarorlikning doimiy pasayishi bilan tahdid soladi. Biroq, vaqt ko‘rsatganidek, har bir inqiroz yangi imkoniyatlarni olib keladi”, deydi To‘qayev.

Uning fikricha, ulkan texnologik yutuq bo‘lgan raqamlashtirish ana shunday imkoniyatlardan birini beradi. Raqamlashtirishning o‘sishi hozirgi kun tartibini belgilab bermoqda va iqtisodiyot rivojiga keskin ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Sun’iy intellekt, blokcheyn, Internet (IoT) va Big data (Katta ma’lumotlar) kabi yangi tushuncha va texnologiyalarning keng joriy etilishi qishloq xo‘jaligidan tortib moliyagacha deyarli barcha sohalarda o‘yin qoidalarining o‘zgarishiga olib keladi", deydi To‘qayev.

Shuningdek, u Qozog‘iston Yevroosiyodagi eng yirik va ilg‘or raqamli markazlardan biriga aylanish niyatida ekanini bildirib o‘tdi.

“Yaqinda 62 davlat bir ovozdan Qozog‘istonda BMTning Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishi uchun raqamli yechimlar markazi tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi”, deb qo‘shimcha qilgan Prezident.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Qozog‘istonda raqamlashtirish darajasi 12 foizga oshgan. IT-mahsulotlar va xizmatlar eksporti 5 barobar ko‘tarilib, 333 million dollarni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Evroosiyo raqamli markaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing