Qozog‘iston bugundan boshlab yagona vaqt mintaqasiga o‘tdi

Olam

image

Qozog‘iston 1 mart soat 00:00 dan boshlab butun mamlakat bo‘ylab yagona vaqt mintaqasiga o‘tadi. Bu haqda “Vecher.kz” xabar berdi.

“Qozog‘iston Respublikasi hududida vaqtni hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga o‘zgartirishlarga ko‘ra, butun respublika bo‘yicha 2024 yil 1 mart soat 00:00 dan boshlab, yagona vaqt mintaqasidan foydalanish belgilangan. Shunday qilib, Qozog‘iston Respublikasining butun hududi uchun 5-soat mintaqasi (UTC+5) qo‘llaniladi”, deyiladi xabarda.

Jumladan, Ostona, Olmaota, Chimkent shaharlari, shuningdek, Oqmo‘la, Olmaota, Jambil, Qarag‘anda, Qo‘stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston, Turkiston, Sharqiy Qozog‘iston, Abay, Jetisu va Ulitov viloyatlarida 2024 yil 29 fevraldan 1 martga o‘tganda mahalliy vaqt bir soat orqaga qaytarilishi kerak.

Shu paytgacha Qozog‘istonda ikkita vaqt zonasi qo‘llanilardi: UTC+5 va UTC+6. Mamlakatning katta qismi UTC+6 zonasida joylashgan. Olimlarning fikricha, UTC+6 vaqt mintaqasi tabiiy quyosh vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi, bu esa biologik ritmlar va inson salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Qozog‘istonlik olimlar va ekspertlar ko‘pchilik hududlar tabiiy vaqtga eng yaqin vaqtdan foydalanishi uchun yagona vaqt mintaqasini tashkil etishni taklif qildi. Mutaxassislarning fikricha, bu turli hududlar aholisi o‘rtasidagi vaqt to‘siqlarini bartaraf etish, transport va boshqa kommunikatsiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash, biznes yuritish hamda davlat organlari va favqulodda vaziyatlar xizmatlarining o‘zaro hamkorligi uchun foydali bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyodagi O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bir xil vaqt mintaqasi (UTC+5)da, Qirg‘iziston esa UTC+6 soat mintaqasida joylashgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made