Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam parvozlar tiklanmoqda

Jamiyat

image

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 aprelidan boshlab Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan davlat chegarasini aviaqatnovlar orqali kesib o‘tishda qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi. 

Mavjud qoidalarga ko‘ra, qozog‘istonliklar va Qozog‘iston hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijliklar hamda chet el fuqarolari “Uzbekistan Airways” aviaqatnoviga chiqishdan oldin COVID-19 testining salbiy natijasi (amal qilish muddati 72 soat) yoki to‘liq emlanganlik/qayta emlanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.  

Aytish joizki, O‘zbekiston va Qozog‘istonda berilgan emlanganlik sertifikatlarini ikki davlat ham o‘zaro tan oladi.

Eslatib o‘tamiz, 11 apreldan Qozog‘iston O‘zbekiston bilan quruqlik chegaralarini ham ochadi.

Bundan tashqari, joriy yilning 15 mart kuni Respublika maxsus komissiyasining O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini hamda avtobus yo‘nalishlarida paritet asosida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklanishi ma’lum qilingan edi.

Biroq Qozog‘istondagi epidemiologik vaziyat tufayli rasmiy Nur-Sulton muntazam poyezd va avtobus qatnovlarini tiklashni kechiktirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing