Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarani demarkatsiya qilmoqchi
Olam
−
22 noyabr 2022
11304Qozog‘iston va O‘zbekiston davlatlar o‘rtasidagi davlat chegarasini birgalikda demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorladi. Bu haqda kecha, 21 noyabr kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, delegatsiyaning uchrashuvi 2022 yil 14-19 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan. Bu Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi tarkibidagi respublikalar hukumat delegatsiyalarining 100-yig‘ilishi bo‘lgan.
“Tomonlar Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasini hamda yuqoridagi bitimga ilova bo‘lgan chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini imzolash uchun tayyorladilar. Tomonlar Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi faoliyati to‘g‘risidagi yakuniy bayonnomani ham imzoladilar”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tgan.
“Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasi va mazkur hujjatga ilova bo‘lgan chegarani belgilash bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihasi. Ya’ni, shu yo‘l bilan ikki tomon kelishuv tayyorladi, unga ko‘ra O‘zbekiston bilan chegaramiz belgilanadi”, deydi Qozog‘iston tashqi siyosat idoralarining rasmiy vakili.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 noyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti, 18 noyabr kuni e\sa O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2022 yil 3 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi Bitimni (Bishkek, 2022 yil 3 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hujjatlarni ratifikatsiya qildi.
Unga ko‘ra, o‘zbek-qirg‘iz chegarasining qolgan qismini delimitatsiya qilinadi, Andijon (Kampirobod) suv ombori O‘zbekistonga o‘tadi.
LiveBarchasi