Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegaralarni ochish masalasida kelishib oldi
Jamiyat
−
11 iyun 2020
8017Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegaradagi barcha nazorat o‘tkazish punktlarini ochishga kelishib oldi. Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin va Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammedkali Abilg‘oziyevning telefon orqali muloqot vaqtida shunday kelishuvga erishildi.
“Qozog‘iston tomonning taklifi bilan qirg‘iz-qozoq davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlarini ochishga va yuk mashinalarining to‘siqsiz harakatlanishiga kelishib olindi”, deyiladi Qirg‘iziston hukumat portali xabarida.
Tomonlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda hamkorlik qilish va aholini COVID-19 kasalligidan himoya qilish masalasini ham muhokama qilgan.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston koronavirusga qarshi kurash sabab Qirg‘iziston bilan chegaradagi yettita o‘tkazish punktidan beshtasini bir tomonlama yopgandi. Natijada qirg‘izistonlik yuk tashuvchilar chegarada 3-4 kunlab qolib ketishi holatlari kuzatildi. Ammo qozog‘istonlik yuk tashuvchilar Qirg‘izistonga to‘siqlarsiz o‘tkazilaverdi.
LiveBarchasi