O‘zbekistonning Qozog‘istondan bug‘doy g‘amlash rejasi barbod bo‘ldimi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Joriy yilning 31 mart kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, 2022 yil aprel–iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilish belgilangandi.

Ammo, joriy yilning 15 aprelidan Qozog‘istonda g‘alla va un eksportiga cheklov joriy etildi. Buning natijasida O‘zbekistonda un narxi keskin ko‘tarildi va odamlarda norozilik kayfiyati uyg‘ondi. Xo‘sh, Qozog‘istondan bug‘doy import qilish bo‘yicha kelishuvga erishilganmidi, Hukumat qarori ijro etiladimi?

Bugun, 30 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ muxbiri “O‘zdonmahsulot” AK boshqaruv raisining o‘rinbosari Fahriddin Musayevdan Qozog‘istonda bug‘doy va un eksporti cheklangan sharoitida Hukumat qarori qay tarzda ijro etilishini so‘radi.

“Yaqinda Qozog‘iston vakillari kelishdi. Taqiqdan keyin biz yana muzokara qilyapmiz. Bu kelishuvlarimiz yakuni bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumot beramiz”, deydi Musayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 may kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning tovar va xizmatlar eksporti uchun joriy qilingan cheklovlarini mamlakatga tatbiq etmaslikni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

bug'doy export un qozog'iston

Baholaganlar

629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing