Qozog‘iston O‘zbekistonga 600 tonna oziq-ovqat mahsuloti jo‘natyapti
Jamiyat
−
23 iyul 2020
10430O‘zbekisonga Qozog‘istonda bir necha yuz tonna oziq-ovqat kelyapti. Bu haqda Qozog‘iston OAV xabar tarqatdi.
Qozog‘iston Hukumati rahbari Asqar Mamin O‘zbekistonga insonparvarlik yordami jo‘natish to‘g‘rida qarorni imzolagan.
Ushbu yordamdan 600 tonna bug‘doy uni, 250 tonna grechixa, 100 ming litr o‘simlik yog‘i va 50 ming sut konservalari o‘rin olgan.
Qozog‘iston sanoat va infrastrukturani rivojlantirish vazirligiga insonparvarlik yordamini O‘zbekistonga yetkazib berish vazifasi topshirilgan.
Qozog‘iston O‘zbekistonda tashqari Afg‘onistonga ham insonparvarlik yordami yuboryapti.
Avvalroq, O‘zbekiston JSST va Janubiy Koreyadan insonvarparlik yordamnini qabul qilib olgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi