Qozog‘iston O‘zbekistondan kelayotganlar uchun talabni o‘zgartirdi
Olam
−
19 Sentabr 2020
15190Qozog‘iston Hukumati mamlakatga xorijdan kelayotganlar uchun talablarni o‘zgartirdi. Bu haqda “Today.kz” xabar berdi.
Qozog‘iston bosh sanitarining qarori bilan birinchi toifaga kiritiladigan davlatlar ro‘yxati kengaytirildi. Bu Xitoy, Tailand, Mo‘g‘uliston, Malayziya, Misr, Gonkong, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Germaniya, Belarus, Ozarbayjon.
“Bu mamlakatdan kelganlar faqatgina termometr tekshiruvi va anketalashtirishdan o‘tadi”, degan Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Roza Kojapova.
Ikkinchi toifaga 21 ta mamlakat kirgan. Bular Shveysariya, Buyuk Britaniya, Polsha, Italiya, Vengriya, Avstriya, Niderlandiya, Shvetsiya, Ruminiya, Chexiya, Gretsiya, Turkiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Armaniston, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston.
Bu mamlakatdan kelganlar termometriya va anketalashtirishdan tashqari, koronavirus aniqlanmagani haqidagi ma’lumotnoma ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Ma’lumotnoma 5 kundan ortiq bo‘lmagan vaqtda berilgan bo‘lishi kerak. Agarda ma’lumotnoma bo‘lmasa, kelgan xorijlik chegarada PZR testi topshiradi.
COVID-19 uchun tekshirishga yetarli materiallar to‘plangach, kelgan odamlar o‘z yo‘nalishida davom etaveradi.
LiveBarchasi