Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi postlar ishini vaqtincha to‘xtatdi

Jamiyat

image

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari vaqtincha o‘z ishini to‘xtatdi. Bu haqda “Tengrinews” Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.

“O‘zbekistonlik hamkorlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi "Daut-ata" – "Tajen" (avtomobil yo‘li) nazorat-o‘tkazish punktida axborot tizimidagi nosozliklar tufayli odamlar, transport vositalari va yuklar o‘tishi vaqtinchalik to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan mazkur nazorat-o‘tkazish punktlari orqali davlat chegarasini kesib o‘tuvchi fuqarolardan o‘z yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.

“O‘zbekiston tomoni nazorat-o‘tkazish punktlari ishini qayta boshlagani haqida o‘zimiz xabar beramiz”, deya qo‘shimcha qilgan qo‘mita.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1763

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing