Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirdi

Olam

image

Koronavirus tufayli Qozog‘istonning Mangistau viloyatidagi O‘zbekiston bilan chegaradagi “Tajen” bojxona postida sanitar-karantin nazorati choralari kuchaytirildi. Bu haqda “Sputnik Qozog‘iston” nashri xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, Turkmaniston bilan chegaradagi “Temir-baba” postida ham nazorat kuchaytirilgan.

Postlar statsionar va ko‘chma teplovizorlar bilan jihozlangan. Kerakli vositalar keltirilgan. Tibbiyot xonasi, tibbiy niqoblar, maxsus tibbiy liboslar mavjud. Birinchi navbatda, teplovoz yordamida inson tanasi harorati o‘lchanadi. Agar u yuqori bo‘lsa, xodimlar yo‘riqnomaga binoan ish tutishadi.

“Temir-baba” bojxona posti rahbari Yersayin Alimbayevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazish punktlari odatdagi jadvalga binoan ishlamoqda.

Ushbu chora-tadbirlar chegaradan o‘tayotgan fuqarolar va bojxonachilarning o‘zini koronavirus bilan kasallanish holatlarining oldini olishga yordam berishi hamda nazorat punktlarining bir maromda ishlashini ta’minlashi lozimligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing