Qozog‘iston Ukrainaga harbiy texnika jo‘natgani rostmi?

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston Ukrainaga harbiy texnika jo‘natgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Rasmiy Ostona bu gaplar haqiqatdan yiroq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligining bugun, 27 fevral kuni tarqatgan bayonotida so‘z borgan. 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda temir yo‘l orqali bronetransportyorlar va yuk mashinalari tashilishi tasvirlangan video paydo bo‘lgan edi. Video mualliflarining ta’kidlashicha, tasvir Olmaotada olingan va G‘arb mablag‘lari hisobidan xarid qilingan harbiy texnikalar Ukrainaga yuborilayotgani aytilgan.  

"Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston harbiy texnikasi Ukrainaga jo‘natilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Video arxivdan olingan, chunki zirhli texnikalar rejali ta’mirlashga jo‘natilgan, harbiy texnika esa hozirda omborda", deyiladi xabarda. 

Vazirlik, shuningdek, Qozog‘iston 2022 yil 27 avgustdan boshlab qurol-yarog‘ va harbiy texnikani eksport qilishni taqiqlaganini eslatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing