Qozog‘iston terma jamoasiga sifatsiz formalarni qimmatga o‘tkazgan mansabdor ushlandi
Olam
−
10 fevral
5418Qozog‘istonda sport kiyimlaridan pul undirmoqchi bo‘lgan Sport vazirligi mansabdori qo‘lga olindi. Bu haqda Respublika Moliyaviy monitoring agentligiga tayanib, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi xodimlari Turizm va sport vazirligining mansabdorini o‘ta yirik miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirganlikda ayblab qo‘lga oldi. Voqeadan oldin Respublika terma jamoasi vakillari sport buyumlarining sifatsiz ekani haqida shikoyat qilishgan.
Holat o‘rganilib, Agentlikning poytaxt boshqarmasi tomonidan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Sportni rivojlantirish direksiyasi xodimiga nisbatan o‘ta yirik miqdordagi mablag‘larni o‘g‘irlaganlik uchun sudga qadar tergov harakatlari boshlandi.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘iston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida foydalanish uchun Xitoyda ishlab chiqarilgan sport kiyimlari arzon narxda sotib olingan va 3 baravar qimmatga hisoblangan.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, yetkazib beruvchi ushbu tovarlarning Qozog‘istondan kelib chiqishi haqidagi soxta hujjatlarni ham taqdim etgan. Oqibatda davlatga 383 million tenge (856 ming dollar) miqdorida zarar yetgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi