Qozog‘iston Suriyaga gumanitar yordam bermoqchi

Olam

image

Bugun, 9 fevral kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumatga Islom hamkorlik tashkiloti orqali Suriyaga gumanitar yordam jo‘natish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Zakon.kz” nashri xabar qildi.

Hozircha Qozog‘iston Suriya uchun aynan qanday ko‘rinishdagi gumanitar yordam jo‘natishi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Suriya Sog‘liqni saqlash vaziri Hasan al-G‘abash 8 fevral kuni butun dunyo mamlakatlarini Damashqqa asbob-uskunalar yuborishga va 6 fevraldagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga chaqirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Ostonadagi Turkiya elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga qayd qoldirgan edi. Shuningdek, u Qozog‘iston zudlik bilan Turkiyaning jabrlangan hududlariga qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etish uchun qutqaruvchilar va shifokorlarni jo‘natayotganini, shuningdek, qardosh mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan edi.

6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 12 391 nafarga, jarohatlanganlar esa 62 914 kishiga yetdi.8 mingdan oshgan edi. 2 Qo‘shni Suriyada qurbonlar soni 3 500 ga yaqinlashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing