Suriya butun dunyodan yordam so‘radi 

Olam

image

Suriya Sog‘liqni saqlash vaziri Hasan al-G‘abash 8 fevral kuni butun dunyo mamlakatlarini Damashqqa asbob-uskunalar yuborishga va 6 fevraldagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga chaqirdi. Tegishli bayonot departamentning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.

“Mening voqea joyidan dunyoning barcha mamlakatlariga murojaatim: barcha jihozlarni taqdim eting va yordam bering. Zilzila jabrdiydalariga yordam ko‘rsatgan barchaga minnatdorlik bildiramiz, bu yordam oqimi davom etadi va to‘xtamaydi, degan umiddamiz”, degan vazir.

Ta’kidlash joizki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti zilziladan oldin ham Suriya aholisining 70 foizi insonparvarlik yordamiga muhtojligini aytgan edi. BMTning Suriya bo‘yicha doimiy koordinatori ham zilzila fojiasi har kuni o‘z yaqinlarini boqish uchun kurashayotgan ko‘plab zaif oilalarga halokatli ta’sir ko‘rsatganini aytgan. BMT va boshqa gumanitar yordam tashkilotlari ayni damda oziq-ovqat, boshpana, nooziq-ovqat tovarlari va dori-darmonlarni o‘z ichiga olgan shoshilinch ehtiyojlarga e’tibor qaratayotganini aytmoqda.

6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 8 mingdan oshdi.

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing