Qozog‘istonning koronavirusga chalingan Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan olindi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oqo‘rda rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, koronavirusga chalingan vazir ahvoli og‘irlashgani va davolanishga ehtiyoji borligi uchun ariza yozgan.

Birtanov iyun oyi boshida koronavirusga chalingandi. U vazirlikni 2017 yildan beri boshqarib kelayotgandi.

Aleksey Soy Qozog‘istonning yangi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Mamlakat Prezident Qosim-Jomart To‘qayev tegishli qarorni imzoladi. Aleksey Soy tayinlovga qadar Prezident ishlari bo‘yicha boshqarmaning tibbiyot markazini boshqargan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda bugungacha 19 285 nafar bemor qayd etilgan. Ularning 11 882 nafari sog‘aygan va 136 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eljan Birtanov

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar