Qozog‘iston shakar eksportini vaqtinchalik taqiqladi
Olam
−
13 may 2022 4515 1 daqiqa
Qozog‘istonda shakar eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 13 may kuni respublika Qishloq xo‘jaligi vaziri mamlakat hududidan shakar eksport qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
“Qozog‘iston Respublikasi hududidan oq shakar va xom qamish shakarini olti oy muddatga eksport qilish taqiqlanadi”, deyiladi hujjatda.
Qaror e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun o‘tgach, ya’ni joriy yil 23 maydan boshlab kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirlarida Qozog‘iston hukumati 6 oyga mamlakatdan qora va rangli metallar chiqindilarini, shuningdek, parchalarini eksport qilishni taqiqlagandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr