Qozog‘iston samolyotlariga Eron havo hududidan uchish taqiqlandi

Olam

image

Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyati mamlakat aviakompaniyalariga Eron hududi ustidan, shuningdek uning havo makoni ichida va unga yaqin hududlarda parvozlarni vaqtincha amalga oshirishni taqiqladi. Bu qaror mintaqada parvozlar xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlar kuchaygani fonida qabul qilingan. Bu haqda “Tengri Travel” xabar berdi.

Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ko‘rilgan choralar profilaktik xarakterga ega bo‘lib, yo‘lovchilar va ekipajlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Hozirda Qozog‘iston aviakompaniyalarining barcha reyslari ehtimoliy xavfli hududni chetlab o‘tgan holda amalga oshirilmoqda.

“Vaziyat Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyati tomonidan doimiy nazorat ostida. Tahdid darajasi o‘zgarishiga qarab keyingi qarorlar qabul qilinadi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, tegishli buyruq ma’muriyatning rasmiy saytida e’lon qilingan. Cheklov muddati aniq belgilanmagan – taqiq alohida ko‘rsatmagacha amal qiladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, cheklovlar ayrim reyslarning yo‘nalishi va davomiyligiga ta’sir qilishi mumkin. Biroq aviatsiya idoralarining ta’kidlashicha, yo‘lovchilar xavfsizligi mutlaq ustuvor masala hisoblanadi. Jadvaldagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqida aviakompaniyalar qo‘shimcha ravishda xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining Abraham Lincoln aviatsiya tashuvchi kemasi Erondagi mojarolar sabab Yaqin Sharqqa yetib borgandi. Shuningdek, yaqin kunlarda mintaqa yaqinida THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi batareyasi paydo bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Eron samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing