Qozog‘iston Rossiyadan bug‘doy importiga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi
Olam
−
29 iyul
3439Qozog‘iston hukumati bug‘doy va nasldor chorva mollarini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni 2024 yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bunday qaror tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida qabul qilindi.
Dastlab 2024 yil 12 aprelda kiritilgan taqiq olti oy davom etishi kerak edi. Biroq Rossiyaning chegaradosh viloyatlaridan bug‘doyni noqonuniy olib kirish va keyinchalik uni qayta eksport qilish xavfi davom etayotganini, shuningdek, Qozog‘istonda o‘tgan yilga nisbatan yuqoriroq don hosili bo‘yicha prognozlarni hisobga olib, hukumat cheklovlarni uzaytirishga qaror qildi.
Shuningdek, Qozog‘iston hukumati yirik va mayda shoxli nasldor hayvonlarning eksport qilishni taqiqlashni olti oyga uzaytirdi. Bu chora Avstraliya modeli bo‘yicha sutchilik fermalarini qurish va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq.
Avvalroq mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi bug‘doyning noqonuniy olib kirilishi uning Qozog‘iston bozoridagi narxining 2 barobardan ko‘proq arzonlashishiga olib kelganini tushuntirgan edi.
“Kulrang” import hajmi yiliga 1,5-2 million tonnaga yetdi va davlatga yetkazilgan umumiy zarar yiliga 500 million dollarga baholandi.
LiveBarchasi