Qozog‘iston razvedkasi 5 oy ichida 2 ta teraktning oldini oldi

Olam

image

Yil boshidan buyon Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) xodimlari ikkita teraktning oldini olishdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tergov-surishtiruv natijalariga ko‘ra, 26 nafar radikal diniy g‘oya tarafdorlari terrorchilik va ekstremistik faoliyatda aybdor, deb topilgan.

“Yil boshidan buyon 2 ta, jumladan, xorijlik sheriklar bilan hamkorlikda sodir etilgan terrorchilik xurujlarining oldi olindi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan jinoyat ishlari bo‘yicha 26 nafar radikal diniy g‘oya tarafdorlari, terrorchilik va ekstremistik harakatlar uchun sudlangan yana 22 nafar shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 24 may kuni Bishkekda o‘tgan MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishidan so‘ng Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin AQSH va Britaniya razvedka xizmatlari Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun terrorchi guruhlar bilan hamkorlik qilmoqda, degan ayblovni  jurnalistlarga bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston terakt razvedka MXQ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing