Rasman! Qozog‘iston poytaxti Nursulton deb nomlanadi
Olam
−
20 mart 2019
17757Avvalroq, Qosim-Jomart Tokayev qasamyod qabul qilgach, prezident sifatidagi birinchi nutqida poytaxt Ostona shahrini Nursulton deb o‘zgartirish taklifini bildirgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 20 mart kuni Qozog‘iston Parlamentining palatalari qo‘shma yig‘ilishida mamlakat poytaxtiga birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Parlament ikkinchi o‘qishda Qozog‘iston poytaxti nomini o‘zgartirish bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘rgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev referendum o‘tkazmasdan mamlakat poytaxtiga Nursulton Nazarboyev nomini berish to‘g‘risida ko‘rsatma bergandi. Endilikda Ostona shahri rasman Nursulton deb o‘zgardi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, endilkda Parlament qarorini prezident tasdiqlashi lozim.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 mart kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqdi. U Qozog‘istonni 1990 yildan boshqarib kelardi.
LiveBarchasi