Qozog‘iston poytaxti rasman Nur-Sulton nomi bilan ataladi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining yangi rahbari Qosim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxti Ostona shahrini Nur-Sulton nomiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Nur.kz nashri xabar bermoqda.

Prezident imzolagan farmonga ko‘ra, Qozog‘iston poytaxti farmon rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab Nur-Sulton deb atala boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 mart kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev prezidentlik vakolatlarini topshirgan edi. 20 martdan boshlab, Qosim-Jomart Toqayev davlatning yangi rahbari sifatida o‘z ish faoliyatini boshlagan va uning ilk taklifi aynan Ostona nomini mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlash bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, mustaqil Qozog‘istonning dastlabki poytaxti Olma-ota shahri hisoblanadi. 1997 yilda mamlakatning birinchi prezidenti tomonidan poytaxt yangidan qurilgan Ostona shahriga ko‘chirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart Toqaev Ostona

Baholaganlar

401

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing