Qozog‘iston piyoz eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Olam

image

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi joriy yilning yanvar oyida 3 oy muddatga piyoz eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, cheklov bekor qilinganligiga qaramay, mamlakatda piyoz eksportiga nisbatan kvota joriy qilingan. Xususan, joriy yilning 8 aprelidan 28 apreligacha respublika hududidan uchinchi davlatlar va (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi)YeOII mamlakatlariga 20 ming tonna miqdorda piyoz eksport qilishga ruxsat beriladi.

Ta’kidlanishicha, cheklovlarning amal qilish muddati bitta ariza beruvchi uchun limit 500 tonnadan oshmaydi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil yanvar oyida Qozog‘istonda piyoz ekportiga qo‘yilgan taqiq bozorda ushbu mahsulot narxlarini barqarorlashtirish uchun amalga oshirilgan edi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar oyida piyoz tanqisligi Markaziy Osiyoning bir qator mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikistonda ham kuzatilgan. Buning ortidan mazkur davlatlar ham piyoz eksportiga cheklov kiritgandi. Cheklovga esa anomal qish tufayli zaxiradagi piyozning katta qismi muzlab qolgani, oqibatda bozorda piyoz narxining keskin oshib ketgani sabab bo‘lgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston Respublikalari qo‘yilgan cheklovni olib tashladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston cheklov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing