Qozog‘iston parlamenti lotin alifbosiga o‘tishni boshladi. O‘zbekistonchi?

Bu qiziq

image

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi yangi sessiya boshlanishi bilan o‘z ishida lotin grafikasiga asoslangan qozoq alifbosidan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Majlisdagi yangi sessiya yana bir muhim voqea bilan o‘ziga xos bo‘ldi: Majlis lotin alifbosiga o‘tmoqda. Binodagi barcha yozuvlar va yalpi majlisda so‘zga chiqqan deputatlarning ismlari lotinchada yozilgan”, — deyiladi xabarda. 

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017 yilning 26 oktyabrida Qozog‘iston alifbosini kirilldan lotinga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmon imzolagan edi. Hukumatga lotin alifbosiga 2025 yilgacha bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash topshirilgan.

Yangi alifbo 32 ta harfdan iborat bo‘ladi, shuningdek, diakritik belgilar (harflar ustidagi belgilar) kiritiladi.

O‘zbekistonda 1993 yil 2 sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonuni e’lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o‘zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi.

Yangi alifboga “bosqichma-bosqich” o‘tish 2000 yil 1 sentyabrda tugallanishi lozim edi. Biroq 2 yil o‘tmasdan, Qonunga o‘zgartirish kiritildi va lotin yozuviga “to‘liq o‘tish” 2005 yil 1 sentyabrga qoldirildi.
2004 yil 30 aprelda Oliy Majlisning XV sessiyasida bu qonunga yana o‘zgarish kiritldi. Alifboga to‘liq o‘tish 2010 yil 1 sentyabrga kechiktirildi.                    Biroq keyingi sessiyalarda bu borada hech kim hech narsani eslamadi.  
 

Lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo to‘g‘risdiga  qonunning qabul qilinganiga 26 yil to‘lgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda lotin alifbosiga to‘liq o‘tish hanuzgacha paysalga solinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lotin alifbosi

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar