Qozog‘iston Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar ishlab chiqarish markaziga aylandi

Olam

image

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni ishlab chiqarish bo‘yicha epimarkazga aylandi. Bu haqda NUR.KZ nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 23 may kuni Jamoatchilik palatasining  yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda mamlakatda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish masalalari muhokama qilingan. Ichki ishlar vazirligi vakillarining ma’lum qilishicha, so‘nggi 4 yilda Qozog‘istonda “sintetika” aylanmasi 10 barobar oshgan.

“So‘nggi yillarda Qozog‘iston Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar ishlab chiqarish markaziga aylandi. Bizning "sintetikamiz" allaqachon Qirg‘iziston va O‘zbekiston “bozorlarini” faol ravishda to‘ldiradi. Giyohvand moddalar bilan shug‘ullangan shaxslarga belgilangan qattiq jazolarga qaramay, olib-sotarlar bu bilan shug‘ullanishda davom etmoqda. Bu yerda muammo ("sintetika"ni ishlab chiqarishda) qonuniy kimyoviy moddalar va uskunalardan foydalanishadi. Ularning asosiylari prekursorlar va maxsus nazorat qilinadigan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bularga "bromoketon-4" moddasi, shuningdek, turli xil reaktorlar, kondensatorlar va bug‘lantiruvchilar kiradi. Biroq, ularning noqonuniy savdosi uchun haqiqiy javobgarlik yo‘q. Faqat prekursorlar kontrabandasi va dori laboratoriyalari uchun asbob-uskunalarni sotish jinoiy javobgarlikka tortiladi”, deydi Qozog‘iston IIV rahbari o‘rinbosari Marat Ko‘jayev.

Shu munosabat bilan, Qozog‘iston prekursorlar va yuqorida qayd etilgan uskunalarning noqonuniy aylanishi uchun javobgarlikni kuchaytirmoqchi. Agar o‘zgartirishlar qabul qilinsa, giyohvand moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish 15 yildan 20 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, O‘zbekistonga bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda Qozog‘iston Respublikasidan olib kelingan va kelgusida kichik bo‘laklarga bo‘lgan holda internet tarmog‘i orqali sotish rejalashtirilgan 4 kg 824 gr “Mefedron”, 3 kg 274 gr “Spays” va 2 kg 130 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari borligi ma’lum bo‘lib, ular tegishli tartibda rasmiylashtirib olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston giyohvand moddalar epimarkaz sintetika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing